Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya FF Infantinoni FIFA prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlamoqchi
Germaniya Futbol federatsiyasi o‘z saytida UYeFA bosh kotibi Janni Infantinoni FIFA prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qildi.
Bu qaror nemislarning futbol federatsiyasi tarkibidagi barcha a'zolar tomonidan ma'qullangan. Saylovda Germaniya nomidan federatsiya vitse-prezidenti Raynxard Rauball ishtirok etadi.
FIFAning yangi prezidentini aniqlash uchun saylov Tsyurix shahrida 26 fevral kuni o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun Infantinodan tashqari shayx Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn, FIFAning sobiq bosh kotibi Jyerom Shampan va janubiy afrikalik millioner Tokio Seksvale kurash olib borishmoqda.