Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM 2016 yilda Rossiya bozoriga Chevrolet Corvette Z06 avtomobilini olib kirmoqchi
Amerikaning General Motors (GM) avtokonserni joriy yilda Rossiyaga Chevrolet Camaro modelining yangilangan talqini Chevrolet Corvette Z06 yetkazib bermoqchi. Bu haqda «Gazete.Ru» nashri GM matbuot xizmatiga tayanib xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, Rossiyaga 2015 yilning 31 dekabridan boshlab Opel`ning barcha va Chevrolet`ning uchta modelidan qolgan hammasi kiritilishi to‘xtatilgan.
Rossiyada 2015 yilda bozorga chiqarilgan Escalade modeli yaxshi sotilgan. Shuningdek, Chevrolet Tahoe va Cadillac CTS ham bozori chaqqon avtomobillardan bo‘lgan.
«Hozirda biz SRX modelining qolgan qismini sotishimiz, keyin esa uning o‘rniga Cadillac XT5 yangi krossoverini olib kelishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, Rossiyaga Camaro`ning yangilangan varianti Corvette Z06ni olib kirmoqchimiz. Shuningdek Cadillac CT6 sedanini ham sotish rejalashtirilgan», — deydi kompaniya matbuot xizmati rahbari.