Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyerom Shampan FIFA prezidentiga aylansa, qizg‘ish kartochkalar, to‘rtinchi almashtirish va videotakrorlarni joriy qilmoqchi
FIFA prezidentligi uchun nomzod bo‘lgan Jyerom Shampan agar saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirida futbol qoidalariga kiritishni rejalashtirayotgan o‘zgarishlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shampan shunday qoidalardan biri sifatida hakamga faqatgina jamoa sardori murojaat qilishi kerak bo‘lgan qoidani tavsiya qildi va regbi sport turida faqatgina sardor hakamga murojaat qilishi mumkinligini eslatdi.
«Futbolda shuningdek sariq va qizil kartochkalar o‘rtasidagi qizg‘ish (apelsin rangidagi) kartochkani futbochilarni vaqtinchalik chetlatish uchun joriy qilish kerak, bu vaziyatni yumshatish uchun yordam beradi. Misol uchun, shunga o‘xshash qoida hokkeyda mavjud», deydi u.
Shuningdek, Shampan qo‘shimcha ikkita bo‘lim qo‘shib berilgan o‘yinlar uchun jamoalarga to‘rtinchi futbolchini almashtirish imkoniyatini taqdim etishga zaruriyat borligini ta'kidladi.
«Qo‘shimcha daqiqalarda ham bitta futbolchini almashtirishga ruxsat berish lozim, chunki bu daqiqlarda ko‘p jamoalarda penaltilar seriyasini kutish bilan o‘tib ketmoqda. Yangi o‘yinchining tushirilishi o‘yinga bo‘lgan stimulni oshiradi va jamoani oldinga boshlaydi», tushintiradi Shampan.
Shuningdek, nomzod futbolchini bitta epizod uchun uch marta jazolash shart emasligini ham bildirgan.
«Uchtalik jazolarni bekor qilish kerak. Futbolchilar jarima maydoni ichida raqibni yiqitganida penalti va qizil berib, uni keyingi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur qilish shart emas, sariq kartochka va penalti yetarli bo‘ladi», deydi u.
«Yana videotexnologiyalarni futbolga kiritishni yoqlayman. Hozir barcha katta stadionlarda internet tarmog‘i bilan ta'minlangan. Istalgan muxlis smartfoni orqali misol uchun, ofsayd bo‘lgan yoki bo‘lmaganini bilib olishi mumkin. Bunday imkoniyat faqat osh hakamda yo‘q. Shunday ekan, yangi texnologiyalarga ehtiyot bo‘lib bosqichma-bosqich o‘tib borish kerak», deya Shampanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «R-Sport» nashri.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun Shampandan tashqari shayx Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn, UYeFA bosh kotibi Janni Infantino va janubiy afrikalik millioner Tokio Seksvale kurash olib borishmoqda.