Jamiyat | 09:16 / 20.01.2016
2213
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada avtobus yo‘l chetidagi to‘siqqa urilishi tufayli 2 yo‘lovchi halok bo‘ldi

AQShning Kaliforniya shtatida shaharlararo qatnovchi avtobus San-Xosedagi trassada yo‘l chetidagi to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi. Natijada yo‘lovchilar orasidagi 2 ayol halok bo‘lgan, yana 9 kishi jarohat olgan. Bu haqda San Jose Mercury News nashri xabar bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi charchoq tufayli avtobusni boshqara olmay qolgan va halokatli avariya sababchisiga aylangan. Ayni vaqtda u tergov qilinmoqda.

Qayd etilishicha, Greyhound Lines avtobusi haydovchilari yo‘lga chiqishdan oldin 9 soat uxlashi kerak. Bu odatdagi talabdan 1 soatga ko‘p hisoblanadi.

Bu avtobus Los-Anjyelesdan San-Xose orqali San-Frantsiskoga ketayotgan bo‘lgan. Uning ichida 20 kishi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish