Jahon | 10:06 / 20.01.2016
3902
1 daqiqa o‘qiladi

Los-Anjyeles ma'muriyati yanglish sudlangan ikki kishiga 24 mln dollar tovon to‘laydi

Los-Anjyeles shahar sudi qotillikda ayblanib uzoq yillarini qamoqda o‘tkazgan ikki erkakka 24 mln dollar to‘lashga qaror qildi. Bu haqda Los Angeles Times nashri xabar bermoqda.

Kesh Rejister 16.7 mln dollar, Bryus Lisker 7.6 mln dollar oladi. Birinchi erkak keksa bir kishining qotilligida ayblanib, 34 yil qamoqda o‘tirgan bo‘lib, 2013 yilda o‘tkazilgan yangi tekshiruv natijalariga ko‘ra ozod qilingan edi.

O‘z navbatida, ikkinchi sobiq mahbus qamoqda 26 yilini o‘tkazdi. 1980-yillarda sud Liskerni o‘z onasini o‘ldirishda ayblagan edi. 2009 yili o‘tkazilgan qayta tekshirishlar natijasida u ham ozod qilingan.

Rejister yo‘qotilgan yillardan afsusdaligini aytdi, lekin uning misoli boshqalarga o‘rnak bo‘la olishiga umid bildirdi.