O‘zbekiston | 18:34 / 20.01.2016
3091
2 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat va sport ishlari vaziri Xitoy va Jazoir elchilarini qabul qildi

2016 yil 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida Vazir Bahodir Axmedov bilan XXRning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze o‘rtasida uchrashuv tashkil qilindi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida madaniyat va sport sohasida hamkorlik holatiga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuvda Xitoy tomonidan maslahatchi Szou Yan Xuey, 1-kotib Jn Yan Gan, 2-kotib Fan Inchuan, 3-kotib Van Syaovyan hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Akbarov ishtirok etdi.

Shuningdek, bugunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida Vazir Bahodir Axmedov bilan Jazoir Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Naser Busherita o‘rtasida ham uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Jazoir tomonidan 1-kotib Xaled Aknush, tarjimon Madamin Razzaqov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Akbarov ishtirok etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish