Sport | 20:37 / 20.01.2016
4710
2 daqiqa o‘qiladi

Messi futbolkalari sotilishi bo‘yicha Ronalduni ortda qoldirdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi ismi tushirilgan futbolkalar 2015 yilda eng xaridorgir bo‘ldi. Bu haqda World Soccer Shop manbasi xabar bergan.

Kuchli uchlikdan Krishtianu Ronaldu va Neymar joy olishgan.

Futbolkalari eng ko‘p sotilgan futbolchilar o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Lionel Messi («Barselona»)
2. Krishtianu Ronaldu («Real»)
3. Neymar («Barselona»)
4. Eden Azar («Chelsi»)
5. Aleksis Sanches («Arsenal»)
6. Zlatan Ibrohimovich («PSJ»)
7. Stiven Jyerrard («Liverpul» va «Los-Anjyeles Gelaksi»)
8. Garri Keyn («Tottenhem»)
9. Ueyn Runi («Manchester Yunayted»)
10. Mesut O‘zil («Arsenal»)
11. Luis Suares («Barselona»)
12. Filippe Koutino («Liverpul»)
13. Bastian Shvaynshtayger («Bavariya» va «Manchester Yunayted»)
14. Memfis Depay (PSV va «Manchester Yunayted»)
15. Robert Levandovski («Bavariya»).