Jahon | 09:44 / 20.01.2016
2947
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: “Gazprom” reklamada “milliy boylik” o‘rniga “ruh va iroda”dan foydalana boshladi

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi o‘z reklamasida asosiy urg‘uni boshqa tushunchalarga berishga qaror qildi, deb xabar beradi RNS resursi.

“Kompaniya reklama roligida urg‘u boshqa narsaga berildi, uning mazmuni o‘zgardi: “milliy boylik” tushunchasi ortiq “Gazprom” bilan uyg‘unlikda tushunilmaydi, videoqatorda aks etadi: tayga, daryolar, tog‘lar, ruh, iroda, go‘zallik, oila, harakat, an'analar, yorug‘lik, Sibir, rolik nihoyasida paydo bo‘luvchi kompaniya nomi esa imzo sifatida baholanishi lozim”, - deyiladi Federal aksilmonopoliya xizmatining xabarnomasida.

Ilgariroq xizmat rahbari Igor Artemev “Gazprom” reklamasidan “milliy boylik” so‘zlari olib tashlanishiga erishganini ma'lum qilgandi, negaki, uning fikricha, bu tushuncha faqat “Gazprom”ga tegishli bo‘lishi mumkin emas.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish