Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi oldida yuz bergan terakt tufayli 5 kishi halok bo‘lgan
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida 20 yanvar kunining ikkinchi yarmida ro‘y bergan portlash natijasida 5 kishi halok bo‘ldi, 20dan ortiq kishi jarohat olgan. Bu haqda 1tvnews.af telekanalida xabar berilgan.
Afg‘oniston IIV rasmiy vakilidan olingan ma'lumotda Rossiya elchixonasi xodimlari Kobuldagi portlash vaqtida jabr ko‘rmagani aytilgan.
TOLO News telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ham 5 kishining halok bo‘lgani, 24 kishi kishi jarohatlangani haqidagi xabarni tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, hozircha hech qaysi terrorchilik uyushmasi ro‘y bergan portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
OAV: Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi oldida portlash sodir bo‘ldi