Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2015 yilda Rossiya investitsiyalari ishtirokida 91 ta yangi korxona tashkil etildi
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi 20 yanvarda e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2015 yilda Rossiya investitsiyalari ishtirokida 91 ta korxona tashkil etildi, bu o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra ikkinchi ko‘rsatkich bo‘ldi. 2014 yilda bu ro‘yxatga 69 ta korxona kiritilgandi.
Statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2015 yilda xorijiy kapital ishtirokidagi 494 ta korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi. 2014 yilda bunday korxona 433 tani tashkil qilgandi. Bu borada Xitoy investitsiyalari ishtirokida tuzilgan korxonalar yetakchilik qilmoqda, bunday korxonalar 103 tani tashkil qilgan. Shuningdek, yetakchi uchtalikka Janubiy koreyalik hamkorlar ishtirokida tuzilgan korxonalar kirgan, ularning soni 53 tani tashkil qildi.
Rossiya biznesi 2015 yilda O‘zbekiston sanoatida 24 ta, savdoda 14 ta, qurilishda 11 ta, transport va aloqada 10 ta va ishlab chiqarish sohasida 32 ta yangi korxona yaratdi.
2016 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida tuzilgan 4,8 mingdan ko‘proq korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 900 ga yaqini Rossiya kapitali ishtirokida yaratilgan.
Rossiya O‘zbekistonning eng yirik investitsion hamkori bo‘lib qolmoqda, Rossiya kompaniyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalari oxirgi yillarda 6 mlrd dollardan oshib ketdi.
Rossiya bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning 9 oyi davomida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 29,2 foizga, ya'ni 2,14 mlrd dollargacha kamayib ketgan. Jahon bozorlaridagi noqulay sharoitlarga qaramasdan, Rossiya ulushiga O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasining deyarli 25 foizi to‘g‘ri keladi.