Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: AQSh Iroqdagi harbiy instruktorlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda
AQSh Iroqdagi harbiy instruktorlar sonini oshirish va mahalliy jangchilar tayyorgarligini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda seshanba, 19 yanvar kuni AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter bayonotiga asoslangan holda TASS xabar bermoqda.
“Harbiy muhandislar sonining ortishini va tayyorgarlik dasturlari turlarining ko‘payishini kutmoqdaman”, - dedi u Parijga uchayotgan samolyot bortida jurnalistlar bilan suhbat jarayonida. Karter aynan qancha miqdorda amerikalik harbiy xizmatchilar qo‘shimcha ravishda Iroqqa jo‘natilishi, ularning xizmat davomiyligi va joylashuvini ma'lum qilmadi.
AQSh Mudofaa vaziri chorshanba, 20 yanvar kuni Fransiya poytaxtida Avstraliya, Britaniya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Fransiya mudofaa mahkamalaridagi hamkasblari bilan IShIDga qarshi kurashni kuchaytirish masalasini muhokama qiladi.