Sport | 09:29 / 20.01.2016
3338
1 daqiqa o‘qiladi

Povetkinning murabbiyi Aleksandr Paramonov vafot etdi

Boks murabbiy Aleksandr Paramonov 58 yoshida vafot etdi. «Mir sporta» nashrining yozishicha, uning o‘limiga tomir uzilishi sabab bo‘lgan.

Paramonov Aleksandr rossiyalik taniqli bokschi Povetkinning jismoniy tayyorgarligiga va zarba berish texnikasini takomillashtirishga javob beruvchi murabbiy hisoblanardi.

Bundan tashqari, u Aleksandr Shlemenko va Denis Lebedevni musobaqalarga tayyorlagan.