Qirğiziston milliy xavfsizlik qömitasi Öş viloyati böyiça boş boşqarmasining aksilkorruptsion xizmati mamlakat hududiga noqonuniy olib kirilgan pullarni legallaştiriş faktlarini foş etdi. Bu haqda 20 yanvarda idora tomonidan tarqatilgan xabarnomada aytildi.

Aytilişiça, operativ qidiruv tadbirlari davomida bank sohasida amalga oşirilgan korruptsion jinoyatlar aniqlangan. “Amanbank” Öş filialining ikki işçisi noqonuniy pullarni boşqa davlatlarga ötkaziş kanalini yaratişgan.

Pora evaziga ular respublikaga noqonuniy kirib kelgan pul mablağlarini çet elga yöllagan. Bunday operatsiyalarni amalga oşiriş uçun jinoyatçilar “Berkut Stroy” korxonasini röyxatga olib, uning hisoblari orqali 2014 yilning yanvar-oktabr oylarida 4.43 mlrd som (52 mln dollar) ötkazgan.

Ammo mahalliy soliq röyxati joyiga “Berkut Stroy” 2014 yil uçun nolli körsatkiçlar bilan hisobot topşirgan.Voqea yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan. Suriştiruv davom etmoqda.