Sport | 09:55 / 20.01.2016
4021
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik futbolchi, agarda Kokorin “Arsenal”ga o‘tsa, “o‘rmalovchi” lichinka yeyishni va'da qildi

Rossiya terma jamoasi va “Krasnodar” klubi hujumchisi Fyodor Smolov, agarda Moskvaning “Dinamo” jamoasi hujumchisi Aleksandr Kokorin “Arsenal”ga o‘tsa, “o‘rmalovchi” lichinka yeyishni va'da qildi.

Ilgariroq londonliklar rossiyalik futbolchi transferi uchun 6 mln yevro to‘lashga tayyorligi xabar qilingan edi.

“Kokorin “Arsenal”ga o‘tadimi?

Unda men o‘rmalovchi lichinkani yeb qo‘yaman”, - dedi Smolov “Match TV” telekanali efirida.