Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin: Xitoy Fors ko‘rfazi davlatlari bilan erkin savdo zonasini yaratmoqchi
Xitoy Fors ko‘rfazi davlatlari bilan erkin savdo zonasini yaratmoqchi. Bu haqda XXR raisi Si Tszinpin Riyodda Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Abdullatif az-Zayyoniy bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.
“Biz Xitoy va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi o‘rtasida erkin savdo zonasining yaratilishi borasidagi muzokaralarning qaytadan boshlab yuborilganini ma'qullaymiz, - ta'kidladi Xitoy rahbari. – Muzokaralar rivoj topganidan mamnunmiz, erkin savdo zonasi yaqin orada yaratilishiga umid qilamiz”.
“Biz xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirib, mintaqaviy va xalqaro masalalarda pozitsiyalarimizni muvofiqlashtirib borishimiz lozim”, - qo‘shimcha qildi Si Tszinpin.