Sport | 19:24 / 20.01.2016
4001
1 daqiqa o‘qiladi

Soliqlardan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan Messiga nisbatan sud ishi 31 may kuni boshlanadi

Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Lionel Messi va uning otasi Xorxe Orasio Messining soliqlarni to‘lamaganlikda ayblanayotgan sud eshituvi 31 may kuni boshlanadi va 3 iyunga qadar davom etadi, deya xabar bermoqda Kataloniya Oliy sudi matbuot xizmati.

Lionel 2007, 2008 va 2009 yillarda topgan daromadi uchun soliq to‘lamagan. Oldinroq u Ispaniya g‘aznasiga 10 mln yevro to‘lagan va unga nisbatan jinoiy ish ochilmasligi uchun yana 15 mln yevro to‘lashga tayyorligini ma'lum qilgandi, biroq mahalliy hokimiyat bunga rad javobini bergandi.

Adliya idoralarining hisob-kitob qilishicha, Messi va uning menejyeri sifatida faoliyat yuritgan otasi 4,1 mln yevro miqdorida soliq to‘lamagan. Ularning ikkalasiga ham mazkur qilmishi uchun 22,5 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

Messi Ispaniyada soliqlardan bo‘yin tovlaganlik uchun sud qilinadi