O‘zbekiston | 17:01 / 20.01.2016
4512
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi “Umida Trast Invest” MChJ ishlab chiqarayotgan tuzga xorijdan buyurtmalar tushmoqda

Poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan “Umida Trast Invest” mas'uliyati cheklangan jamiyati 2015 yilda ish boshlagan korxonada dastlab kuniga 40-50 tonna tuz tayyorlangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 100-120 tonnaga yetkazildi.

O‘zA xabariga ko‘ra, tadbirkor korxona faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida tijorat banklaridan kredit olib, bejirim qadoqlangan, yodlangan, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirgan. Shunda yana ellik ish o‘rni yaratilib, ishchilar soni saksondan oshadi. Bunda kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yoshlarning bandligini ta'minlash mo‘ljallanmoqda.

Korxona mahsulotlariga talab ortmoqda. Ishlab chiqarilayotgan tuz yod moddasi bilan yetarlicha to‘yintirilgani bois xorijdan ham buyurtmalar tushmoqda.