Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Chennai Open International Grandmaster Chess Tournament – 2016” turnirida Marat Jumayev navbatdagi g‘alabaga erishdi
Hindistonning Chennay shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Chennai Open International Grandmaster Chess Tournament – 2016” turnirida xalqaro grossmeysterimiz Marat Jumayev navbatdagi g‘alabasini nishonladi.
O‘zA xabarida aytilishicha, ikki yuzdan ortiq shaxmatchi ishtirokida o‘tayotgan musobaqaning to‘rt turi natijasiga ko‘ra, tajribali shaxmatchimiz jami 3,5 ochko bilan peshqadamlar safida bormoqda.
Marat to‘rtinchi turda hindistonlik Shet Jaykumar Sammed ustidan g‘alaba qozondi. U avvalgi turlarda hindistonlik shaxmatchilar Datta Rajarshi, Jyey Saranyani mag‘lubiyatga uchratib, Arjun Erigaisi bilan durang o‘ynagan edi. Beshinchi turda grossmeysterimiz rossiyalik Boris Grachevga qarshi dona suradi.