O‘zbekiston | 17:04 / 21.01.2016
6367
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbeknavo” Navro‘z bayrami tantanalari dasturiga kiritiladigan yangi qo‘shiqlar qabuli boshlanganini e'lon qildi

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Navro‘z umumxalq bayramini yuqori saviyada o‘tkazish hamda 2016 yil – Sog‘lom ona va bola yiliga bag‘ishlab milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan, milliy ohanglarga, ezgulik, mehr-muhabbat, insoniylik tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan, ona tabiatni, go‘zallikni, bahor faslining nafosatini aks ettirgan yangi qo‘shiqlarni qabul qiladi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tarqatgan e'londa keltirilishcha, taqdim etilayotgan qo‘shiqlar CD diskda yozilgan bo‘lib, matni, muallifi, ijrochisi haqidagi to‘liq ma'lumot bilan birga topshiriladi.

Barcha xonandalar hamda hududiy bo‘linmalar orqali olingan yangi qo‘shiqlar to‘plami Birlashmada ko‘rib chiqiladi va eng yaxshi qo‘shiqlar respublika miqyosida o‘tkaziladigan Navro‘z bayrami tantanalari dasturiga kiritiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish