Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
27-28 yanvar kunlari Lavrov Turkmanistonda bo‘ladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 27-28 yanvar kunlari Turkmanistonda ishchi safar bilan bo‘ladi. Bu haqda brifing chog‘ida TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Ashxobodda ikki tomonlama munosabatlar istiqboli yuzasidan muzokaralar olib boriladi, shuningdek, xalqaro kun tartibi muhokama qilinib, Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik masalalari haqida gapiriladi.
Lavrov tashrifi doirasida Ashxobodda ikki davlat tashqi siyosiy idoralari hamkorligi borasida 2016 yil dasturi imzolanadi. Shuningdek, Rossiyaning bosh diplomati Turkmanistondagi RF elchixonasining yangi binosi ochilishi marosimida qatnashadi.