Texnologiya | 22:59 / 21.01.2016
3966
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaliklar 700 kilogrammlik trek rodsterini yaratishdi

Marlin kit-karlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasiga tegishli Britaniyaning Avatar kompaniyasi Roadster nomli yangi modelni taqdim qildi. Umumiy yo‘llarda yurishga ruxsat berilgan bu trek sportkari taqdimoti Birmingemdagi Autosport International ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi.

700 kilogrammlik Avatar Roadster quvursimon rama va ugleplastik kuzov panellari negizida qurildi.

Yangi avtomobil EcoBoost oilasiga mansub, 2,0 va 2,3 litrli ikkita “Ford” motori bilan taklif qilinmoqda. Porsche Boxster’dan olingan besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlovchi dvigatellar mos ravishda 252 va 350 ot kuchiga erisha oladi.

Mashinaning jihozlari ro‘yxatiga sozlanuvchi amortizatorlar, Tilton ixcham pedal uzeli hamda o‘zi bloklanuvchi differensial kirdi.

Mashinaning bazaviy versiyasi 0 dan 96 km/soat tezlikkacha 3,9 soniyada erishadi, maksimal tezligi esa soatiga 240 km ni tashkil qiladi.

2 litrli dvigatelga ega rodstrening narxi 38 ming yevroni, 2,3 litrlisi esa 44,5 ming yevroni tashkil qilmoqda. Kompaniya yiliga bunday mashinadan 30 dona chiqarishni rejalashtirmoqda.