Jahon | 15:24 / 21.01.2016
4317
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaga 40 yil ichida ilk bor Amerika nefti ortilgan tanker yetib keldi

Neft ortilgan birinchi Amerika tankeri Yevropaga kirib keldi. Undagi mahsulot Fransiyaning Marsel shahri yaqinidagi Fos portidan quvurlar orqali Shveytsariya yoki Germaniyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga jo‘natiladi. Bu haqda The Financial Times xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, eksport yaqindagina AQShda qirq yil davom etgan neftni xorijga sotishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun bekor qilinganidan so‘ng qaytadan yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur tashuvni dunyodagi eng yirik mustaqil Vitol nefttreyderi amalga oshirdi. Mazkur kompaniya xom ashyoni Carlyle guruhi bilan hamkorlikda qayta ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 18 dekabr kuni AQSh prezidenti Barak Obama Amerika nefti eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qiluvchi 2016 yilga mo‘ljallangan byudjyet loyihasini tasdiqlagan edi.