Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Financial Times’ning sobiq xo‘jayini 4 ming nafar xodimini qisqartiradi
The Financial Times gazetasiga yaqingacha egalik qilib kelgan Pearson matbaa uyi 4 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatadi, deb xabar beradi FT.
Britaniyada faoliyat yurituvchi kompaniya 2016 yil o‘rtalariga qadar xodimlarining 10 foizini qisqartirmoqchi.
2016 yilda kompaniyaning bir aksiyadan daromadi 0,5–0,55 funt sterlingni tashkil qiladi. Bloomberg tahlilchilari esa ko‘rsatkich 0,63 funt sterlingga teng bo‘lishini taxmni qilishgan edi.
2015 yili Pearson Financial Times gazetasi va The Economist jurnalidagi ulushini sotib yuborib, ta'lim biznesiga asosiy urg‘u berilishini ma'lum qilgan edi.