Sport | 10:10 / 21.01.2016
3513
1 daqiqa o‘qiladi

Frants Bekkenbauer: Levandovski “Real” tomonidan tarkibni kuchaytirish uchun nomzod sifatida qaralmoqda

"Bavariya" jamoasining faxriy prezidenti Frants Bekkenbauer jamoaning polshalik hujumchsi Robert Levandovskining "Real"ga o‘tishi imkoniyatlari haqidagi savollarga munosabatini bildirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Real" FIFA qo‘llagan taqiqlar tufayli bu hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun faol harakat qiladi.

"Levandovski “Real” tomonidan tarkibni kuchaytirish uchun nomzod sifatida qaralmoqda. Lekin Tomas Myullerni hech kimga sotmaymiz. Muxlislar bizni to‘g‘ri tushunishlari kerak. Men qishki transferlar darichasi yopilishi arafasidagi kunlar o‘ta qizg‘in kechishini kutmoqdaman. Juda boy ingliz klublari hamda keyingi ikki transferlar mavsumida taqiqqa uchragan Ispaniya grandlari, "Real" va "Atletiko"dan takliflar kela boshlagan", – deydi Bekkenbauer Marca nashriga.