Jamiyat | 20:12 / 21.01.2016
3700
2 daqiqa o‘qiladi

Gamlet laqabli cho‘chqacha sohibasiga parvoz vaqtida qo‘rqmaslik uchun yordam bermoqda

Gamlet laqabli cho‘chqacha o‘z sohibasi Megan Pibodiga uchish vaqtida qo‘rqmaslik uchun yordam ko‘rsatmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bergan.

Virjiniya orollarida yashovchi 28 yoshli Megan uchish vaqtida Gamletni o‘z yonida olib yuradi. Uning tasdiqlashicha, bu cho‘chqacha uni uchish vaqtida o‘ziga andarmon qiladi.

Megan Pibodi ushbu cho‘chqachani asrab olganida u hali sakkiz haftalik edi. 1 yil o‘tib Gamlet laqabli bu jonivor o‘z sohibasining ovunchog‘iga aylandi. U sohibasi bilan JetBlue va American Airways reyslarida birga uchadi.

"Odamlar bizni ko‘rishganlarida hayratlanishadi, shu vaqtgacha hech qanday salbiy qarashga duch kelmadim. Ba'zida bolalar biroz qo‘rqishi mumkin, chunki ularning aksari xonaki cho‘chqani ko‘rishmagan", deydi Pibodi xonim. Uning aytishicha, bu bolalar Gamletni yaqindan bilishsa, ular ham bu jonivorga mehrlari tushib qoladi.