Texnologiya | 18:59 / 21.01.2016
3637
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone`lar ishlab chiqaruvchisi Yaponiyaning Sharp kompaniyasini sotib olish uchun 5,3 mlrd dollar taklif qildi

iPhone smartfonlari va boshqa elektronikalarni yig‘uvchi Tayvanning Foxconn kompaniyasi Yaponiyaning Sharp kompaniyasini 5,3 milliard dollarga sotib olish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar qildi.

Ayni paytda Sharp zarar ko‘rib ishlamoqda. Shu bois qarzlarini restrukturizatsiya qilish uchun kreditor banklar bilan muzokaralar olib bormoqda. Foxconn`dan tashqari, firmani Yaponiyaning Innovation Network Corporation davlat korporatsiyasi ham sotib olmoqchi. Biroq u taklif qilayotgan pul Foxconn`nikiga qaraganda ikki barobar kamroq. Shunday bo‘lsa ham, Sharp`ning barcha qarzlarini to‘lamoqchi.

Yapon hukumati mamlakatdagi yirik elektronika ishlab chiqaruvchisining xorij kompaniyasi qo‘liga o‘tib ketishidan cho‘chimoqda.