Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq bosh vaziri Bag‘dodda yo‘qolgan uch nafar amerikalik “shunchaki g‘oyib bo‘lganini” aytdi
Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Bag‘dodda bir necha kun avval yo‘qolib qolgan uch nafar AQSh fuqarosining yo‘qolishiga eronparast ayirmachilarning aloqasi borligi haqidagi taxminni rad etdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
“Bu haqda xabarim yo‘q. Men bunga katta shubha bilan qarayman. Biz ularni o‘g‘irlab ketishganmi-yo‘qmi, bilmaymiz, Ular shunchaki g‘oyib bo‘lishdi”, deb aytdi al-Obodiy.
Avvalroq amerikaliklarni Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi shia ayirmachilari o‘g‘irlab ketgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.
Iroqda Iroqdagi islom inqilobi oliy kengashi bilan bog‘liq bo‘lgan “Badr” shia qurollangan harakati o‘zini faol namoyon qilmoqda. Ushbu harakat Eron hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.