Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:25 / 21.01.2016
3629
1 daqiqa o‘qiladi
Kobuldagi Rossiya elchixonasi oldidagi portlash uchun javobgarlikni “Tolibon” o‘z zimmasiga oldi
“Tolibon” tashkiloti Kobuldagi Rossiya elchixonasi oldidagi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Avvalroq Qobulda Rossiya elchixonasi oldida yuz bergan portlash oqibatida TOLONews telekanalining 7 nafar xodimi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Kobuldagi portlash oqibatida Rossiya elchixonasi binosiga katta shikast yetmaganini ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, elchixona xodimlari orasida jabrlanganlar yo‘q.