Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi: Yevropada «Barselona»dan boshqa hech qaysi klubda o‘ynamayman
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘z kelajagi bo‘yicha savollarga javob berib o‘tdi.
«Men doim «Barselona» uyim ekanini va faoliyatimni shu yerda tugatish istagim haqida aytib kelganman.
Lekin men Yevropadagi faoliyatim bo‘yicha fikr bildirmas edim. Endi aytishim mumkinki, Yevropada «Barselona»dan boshqa hech qaysi klub uchun o‘ynamayman.
Lekin men bir kun kelib Argentinada o‘ynashni orzu qilaman. Argentina chempionati qanday ekanini tasavvur qilib ko‘rmoqchiman. Men axir u yerdan juda kichikligimda ketgandim.
Futbolda nima bo‘lishini oldindan aytish ham qiyin. Lekin xohish haqida bemalol gapirish mumkin. Harholda men «Barselona»da qolishni istayman, – deydi Messi Goal.com nashriga.
OAV: "Barselona" Messi uchun "Manchester Siti"dan 160 mln yevro so‘radi
«Manchester Siti» Messiga yiliga 27 mln yevro maosh to‘lashga tayyorligini bildirdi
Messi: Bir kun kelib Neymar o‘z «Oltin to‘p»ini qo‘lga kiritadi, men esa bu sovringa o‘ch emasman