Jahon | 08:57 / 21.01.2016
2108
1 daqiqa o‘qiladi

Moldova prezidenti Pavel Filipni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinladi

Moldova prezidenti Nikolay Timofti Demokratik partiya a'zosi Pavel Filipni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlanishi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident maslahatchisi Vlad Tsurkanu ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Jurnal TV.

Moldova parlamenti aloqa vaziri Filipni bosh vazir lavozimiga tayinlanishini qo‘llab-quvvatladi. Unga 57 nafar deputat ovoz berdi.

Filipning bosh vazir etib tayinlanishi Kishinyovdagi parlament binosi oldida ommaviy norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. Namoyishchilar Filip boshchiligidagi yangi hukumatning tasdiqlanishiga qarshi chiqmoqdalar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish