Jamiyat | 11:50 / 21.01.2016
8197
1 daqiqa o‘qiladi

Mushukcha xaski itlari oilasining a'zosiga aylandi

2015 yil bahorida Lilo laqabli Sibir xaskisi (it zoti) Rouzi laqabli chalajon mushukchani topib oldi. U mushukchaga g‘amxo‘rlik qilib, oyoqqa turg‘izdi.

Liloning o‘zi bola ko‘rmaydi, shu bois endi u mushukchaga o‘z farzandiday g‘amxo‘rlik qilishda davom etmoqda.

Liloning ikki ukasi bor – Miko va Infiniti. Ular ham Rouzini qabul qilishdi. Endilikda uchta it va bitta mushuk hamma yerda birga yurishadi.