Sport | 22:17 / 21.01.2016
3355
2 daqiqa o‘qiladi

"Napoli" jamoasi murabbiyi Manchinini haqoratlagani uchun 2ta o‘yinga chetlatildi va jarima to‘laydigan bo‘ldi

"Napoli" jamoasi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Italiya Kubogi doirasidagi ikki o‘yindan diskvalifikatsiya qilindi va 20 ming yevro jarima to‘laydigan bo‘ldi.

19 yanvar kuni "Napoli"ning "Inter"ga qarshi (0:2) Italiya Kubogi doirasidagi o‘yini vaqtida neapolliklar ustozi raqib bosh murabbiyini noshud (gomik) deya haqoratlagandi.

Manchini esa o‘z harakati uchun (u raqibni qari tulki deb siylagan) 5 ming yevro to‘laydi.

Shuningdek, "Napoli" jamoasi yarim himoyachisi Dris Mertens "Inter"ga qarshi o‘yindagi harakati uchun (simulyatsiya) turnirdagi bitta o‘yindan chetlatilgan hamda 1,5 ming yevro to‘lashi belgilangan.

"Napoli" jamoasining o‘ziga esa muxlislari pirotexnika vositalari qo‘llagani uchun 15 ming yevro miqdoridagi jarima qo‘llanilgan.

Roberto Manchini: Sarri kabi murabbiylarga futbolda o‘rin bo‘lmasligi kerak

Sarri: Manchinining o‘zi meni qari tulki deb atagandi. Men esa unga aytgan gapim uchun uzr so‘radim