O‘zbekiston | 16:41 / 21.01.2016
5960
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek olimlari rudadan oltin ajratishning yangi usulini ixtiro qilishdi

"Navoiy kon - metallurgiya kombinati" davlat korxonasi xodimlari Oltin-mishyakli ishlanishi qiyin bo‘lgan sulfid rudalardan oltin ajratish usulini ixtiro qildilar. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

"Usul oltin biogidrometallurgiyasi, xususan, oltin-mishyakli ishlanishi qiyin bo‘lgan sulfid rudalardan oltin ajratishda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi tarkibida ko‘mirli moddalar bo‘lgan oltin-mishyakli ishlanishi qiyin bo‘lgan sulfid rudalardan oltin ajratib olishni oshirishdan iborat", deyiladi xabarda.

Mualliflar jamoasiga ushbu ixtiro uchun № IAP 05134 raqamli patent berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish