O‘zbekiston | 18:24 / 21.01.2016
3195
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIVda Germaniya Bundestagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

2016 yilning 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi deputatlari Tobias Tsex va Albert Shtegeman boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Suhbat davomida O‘zbekiston—Germaniya parlamentlararo hamkorligi muhim ahamiyat kasb etuvchi ikki tomon munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat hokimiyatining qonunchulik tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga o‘zaro qiziqish bildirildi.

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida bugun, 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan «Iqtisodiy islohotlarni mustahkamlash, ijtimoiy himoya va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda parlament roli: Germaniya va O‘zbekiston tajribasi» mavzuiga bag‘ishlangan «davra suhbati»da ishtiroki to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Uchrashuvda K.Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Tomas Kuntse ishtirok etdi.