O‘zbekiston | 18:06 / 21.01.2016
3739
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 16 million donadan oshdi

Respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yildagi bank tizimining faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisida aytib o‘tildi.

Majlisda ta'kidlanishicha, muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni yil sayin ortib, ularning umumiy soni bugungi kunga kelib 16,3 mln. donadan oshdi, savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalariga o‘rnatilgan hisob-kitob terminallari soni esa 183,1 mingtaga yetdi.

Shuningdek, hisobot yilida moliyaviy xizmatlar tarkibida, bevosita bank xizmatlarining ulushi 88 foizga yetib, bu ko‘rsatkich ham 2014 yilga nisbatan 1,3 barobardan ziyod oshdi. Bu esa aholi hamda tadbirkorlik sub'yektlariga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatish sifati va ko‘lamini kengaytirish borasida ko‘rilayotgan maqsadli chora-tadbirlarning samarasidir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish