Sport | 11:22 / 21.01.2016
5154
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani gumon qilinmoqda

Show Legend internet portali kelishilgan o‘yinlarni tashkil etishda ishtirok etgan tennischilar ro‘yxatini e'lon qildi. Ushbu "qora ro‘yxat"ga dunyoning TOP-50taligidan joy olgan 16 nafar tennischi kiritilgan.

Shubha ostiga olinganlar orasida O‘zbekiston vakili Denis Istomin ham bor. O‘zbekistonning birinchi raketkasi ham kelishilgan o‘yinlarni tashkil etishda gumon qilinyapti.

Ushbu ro‘yxatdan rossiyalik tennischilar Teymuraz Gabashvili, Aleksandr Bogomolov, Igor Andreyev, qozog‘istonlik Andrey Golubev, avstraliyaliklar Lleyton Xyuitt, Mettyu Ebden, serbiyalik Yanko Tipsarevich, xorvatiyalik Ivan Dodig, ispaniyalik raketka ustalari Albert Montanes, Daniel Ximeno-Traver, argentinalik Xuan-Ignasio Chela, slovakiyalik Lukash Latsko, chexiyalik Yan Gayyek va amerikalik Maykl Rassel joy olishgan.

Mazkur ro‘yxatdagi 15 tennischidan 8 nafari ayni paytda davom etayotgan Avstraliya Ochiq chempionatida ishtirok etyapti. Istomin esa ham yakkalik, ham juftlik bahslarinig birinchi bosqichida mag‘lubiyatga uchrab, o‘z ishtirokini yakunladi.