Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Real", "Barselona" va "MYu" 2015 yilda 500 mln yevrodan ortiq daromad qilgan jamoalar bo‘lishdi
Ispaniyaning "Real" va "Barselona" hamda Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoalari 2015 yilda 500 million yevrodan ortiq mablag‘ ishlagan jamoalar bo‘ldi. Bu haqda audit xizmatlarini ko‘rsatuvchi Deloitte kompaniyasi tadqiqotlarida keltirilgan.
O‘tgan yilda eng ko‘p mablag‘ ishlab topgan jamoa "Real" bo‘ldi - 577 mln yevro. Madridliklar bu maqomni 11 yildan beri o‘ziniki qilmoqda. Bu boradagi ikkinchi o‘rin "Barselona"ga tegishli - 560,8 mln yevro. "MYu" 519,5 mln yevrolik ko‘rsatkich bilan uchinchi bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, 2015 yilda ilk marta 500 mln yevrodan ortiq daromad qilgan jamoalar soni 2tadan ortiq bo‘ldi. O‘tgan yilda eng ko‘p mablag‘larni ishlab topgan 20 jamoaning jami daromadi 6,6 mlrd yevroni tashkil qiladi va bu 2014 yilgi ko‘rsatkichdan 8 foizga ko‘p.
2015 yilda daromadi katta bo‘lgan jamoalar o‘ntaligida "Pari Sen-Jyermen" (480,8 mln yevro ), "Bavariya" (474), "Manchester Siti" (463,5), "Arsenal" (435,5), "Chelsi" (420), "Liverpul" (391,8) va "Yuventus" (323,9) kabi jamoalar qayd etilgan.
Ikkinchi o‘ntalikdagi jamoalarning to‘rttasi Angliya premer-ligasi vakillaridir: "Tottenhem" (257,5 mln; 12 o‘rin), "Nyukasl" (169,3; 17), "Everton" (165,1; 18) va "Vest Hem" (160,9; 20).
Deloitte tahlilchilarining fikricha bu ro‘yxatda Angliya vakillari ko‘pchilikni tashkil qilishi (20tadan to‘qqiztasi APL jamoasi) bu liga jamolari ishtirokidagi o‘yinlarning translyatsiyasiga butun dunyo bo‘ylab talabning yuqoriligi bilan bog‘liqdir. APLning Sky va BT Sport telekanallari bilan o‘yinlarni translyatsiya qilish huquqi bo‘yicha shartnomasi 7 mlrd yevrodan ortiqqa tuzilgan.