Sport | 12:13 / 21.01.2016
4603
2 daqiqa o‘qiladi

Rustam Akramov: "Babayanga turnirda qatnashish tajribasi yetishmadi"

Futbol bo‘yicha 2016 yilgi U-23 Osiyo chempionatida guruh bosqichi bahslari yakuniga yetgach va musobaqa chorak finalchilari nomi ma'lum bo‘lgach, o‘zbekistonlik futbol mutaxassislari O‘zbekiston OTJning ushbu turnirdagi muvaffaqiyatsizligiga o‘z munosabatlarini bildirishda davom etmoqda.

O‘zbekistonlik taniqli muxtassislardan biri bo‘lgan Rustam Akramov quyidagicha fikr bildirgan.

"Samvel Babayan haqida shunday deyishim mumkin: U yaxshi inson, jamoani yaxshi shakllantirgan, "Paxtakor" bilan O‘zbekistonning ikki karra chempioni bo‘lgan insondir. Shuningdek, yaxshi menejyer va murabbiydir. Faqatgina unga turnirda qatnashish tajribasi yetishmadi, deb o‘ylayman. Har bir uchrashuvda raqibni "laqillatish" va chalg‘itishni bilish kerak. Yuqorida aytib o‘tganimdek, turnirga tayyorgarlik jarayonida har bir o‘yin uchun alohida-alohida shug‘ullanish kerak edi. Bizda ikkita muhim o‘yin bor edi. Qaysidir bahsga pressing, keyingisiga esa boshqacharoq usul qo‘llash kerak edi", - deydi Rustam Akramov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.

Sayfiddin Ermatov: "O‘zbekiston OTJni Nuraliyev boshqarishi kerak edi"

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish