Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Qirg‘izistonga beshta mobil klinika tashkil etishi uchun 10 mln dollar ajratadi
Saudiya Arabistoni Qirg‘izistonga mamlakatning uzoq hududlarida foydalanish uchun beshta mobil klinika tashkil etishiga 10 mln dollar ajratadi. Bu haqda mamlakat parlamenti spikeri Asilbek Jeenbekov ma'lum qildi.
Islom taraqqiyot banki rahbari Ahmad Muhammad Ali Al-Madaniyning ta'kidlashicha, barcha shartnomalar 2016-2018 yillarda amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan OTB delegatsiyasi 2015 yil bahorida Qirg‘izistonga tashrif buyuradi.
Ayni paytda Qirg‘iziston va OTB transport, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati va sog‘liqni saqlash sohalarida 280 million dollarlik 46 loyihani amalga oshirmoqda.