Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 2015 yilda 600 ga yaqin tamaki kontrabandasi holati qayd etildi
Toshkent shahri bojxona boshqarmasi xodimlari bir yil ichida 10 mlrd so‘mlik 600 ga yaqin tamaki kontrabandasi holatining oldini olishdi, deb xabar berdi Sputnik nashri muxbiriga boshqarmadagi manba.
Manbaning aytishicha, xalqaro bozorga borgan sari ko‘p miqdorda kontrabanda tamaki kirib bormoqda. O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarning ishlab chiqarilishi, saqlanishi va sotilishi bo‘yicha qat'iy nazorat o‘rnatilgan, barcha tamaki mahsulotlari markirovkalanishi lozim. Shuningdek, O‘zbekistonga aksiz markalarsiz sigaret olib kirish taqiqlangan.
Manbaning ta'kidlashicha, kontrabanda sigaretalar narxini pasaytirib, soliq solish tizimiga jiddiy putur yetkazadi. Arzon sigaretalar esa yoshlar uchun hamyonbop bo‘lib qoladi.
“Shuningdek, kontrabanda tufayli tamakiga qarshi kurash va sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa dasturlarni moliyalashtirishning muhim resursi hisoblanadigan davlat byudjyeti daromadlari kamayadi”, deb qo‘shimcha qilmoqda manba.
Jumladan, “Keles” temir yo‘l bojxona posti xodimlari Rossiyadan kelgan poyezdni tekshirishganda fuqaro Alimov yonidan Parliament markasidagi 2 mingta quti sigaret aniqlashdi. Qoidabuzar bojxona deklaratsiyasida deyarli 29 mln so‘mlik sigaret mahsulotini ko‘rsatmagan. Bu sigaretlarda tegishli markirovka ham mavjud bo‘lmagan.
Shunga o‘xshash qoidabuzarliklar bo‘yicha tergov tadbirlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, jismoniy shaxslarga respublikaga erkin tarzda 10 quti tamaki mahsuloti olib kirishga ruxsat berilgan.