Sport | 22:06 / 21.01.2016
4791
2 daqiqa o‘qiladi

"Zenit" o‘rtoqlik uchrashuvida "Al Jayish"ni yirik hisobda yengdi

Bugun Qatarning "Al Jayish" klubi Dohada Rossiyaning "Zenit" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Rossiya chempionlari 12 yanvar kuni Doha shahridagi yig‘inni boshlashgan. Bunga qadar "Zenit" "Lahviya"ga qarshi o‘ynagandi.

Bugungi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Sardor Rashidov va uning jamoadoshlari piterliklarga qarshi hisobda oldinda bora turib, yakunda yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Dastlab o‘yinning 29 daqiqasida qatarliklarning braziliyalik legioneri Romariu da Silva hisobni ochdi. O‘yinning so‘nggi 10 daqiqaligida esa "Zenit"ning zaxiradan maydonga tushgan futbolchilari raqiblar darvozasiga 4ta gol yo‘llashdi - 1:4.

Doha (Qatar)
O‘rtoqlik uchrashuvi
"Zenit (Rossiya) – "Al-Jayish" (Qatar) – 4:1 (0:1)
Gollar: Romariu da Silva, 29 (0:1). Bogayev, 84 (1:1). Dolgov, 86 (2:1). Garsiya, 90 (3:1). Zinkov, 90+2 (4:1).
«Zenit»: Lodigin (Kerjakov, 46), Krishito, Ivanov (Dolgov, 57), Netu (Lomberts, 26), Garay (Zuyev, 81), Anyukov (Maurisio, 74), Garsiya, Yusupov (Zinkov, 65), Danni (Andreyev, 88), Xalk (Ponikarov, 88), Dzyuba (Bogayev, 65).