Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti mamlakatda “al-Qoida” yana bosh ko‘targanini tan oldi
“Al-Qoida” terrorchi guruhi Afg‘onistondagi ta'sirini qayta tiklab oldi. Bu haqda mamlakat jumhurraisi (prezidenti) Ashraf G‘ani Ahmadzay CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“2015 yil boshida uning qudrati ancha qisqargani borasida optimistik fikrlar yangragan edi. Hozir esa bunday emas”, - ochiq tan oldi afg‘on yetakchisi. Uning fikricha, terrorchilar Afg‘onistonga ko‘plab davlatlar, shu jumladan, Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, Tojikiston va arab davlatlaridan kelmoqda.
“Bu odamlar Afg‘oniston xalqi bilan janjallashmagan, lekin ular bizning hududdan foydalanadi”, - qo‘shimcha qildi Ahmadzay. Shu munosabat bilan prezident Afg‘oniston maxsus kuchlariga havodan madad berishni so‘radi.
Ilgariroq “al-Qoida” radikal guruhlarga o‘zaro kelishmovchiliklarni bir chetga surib, G‘arb va Rossiyaga qarshi birgalikda kurashishga chaqirgan edi.