Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Milliy basketbol uyushmasining sobiq o‘yinchisi moliyaviy piramida tashkil etgani uchun 9 yilga qamaldi
AQSh Milliy basketbol uyushmasining “Bruklin Nets” va “Miluoki Baks” basketbol jamoalarining sobiq o‘yinchisi Teyt Jorj moliyaviy piramida tashkil etgani uchun 9 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi, deb xabar bermoqda AP axborot agentligi.
Prokuratura versiyasiga ko‘ra, Jorj MBAning sobiq va amaldagi o‘yinchilari hamda mashhur kishilar bo‘lgan o‘z mijozlarini o‘z pullarini uning kompaniyasiga tikishga ishontirgan va ularning pullaridan avvalgi nivestorlarga to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalangan.
Shuningdek, basketbolchiga 2,5 mln dollar tovon puli to‘lash majburiyati yuklandi.