Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sharqida keyingi 100 yil ichidagi eng yirik qor bo‘ronlari ro‘y berishi kutilmoqda
Amerika Qo‘shma shtatlarining sharqiy sohillariga qor bo‘ronlari yopirilishi xavfi natijasida minglab aviareyslar bekor qilindi. Mahalliy nashrlarda yozilishicha, bu vaziyat poytaxt Vashingtonning transport tizimi to‘xtatilishigacha yetib borishi mumkin.
Vashington rasmiylari kuchli qorbo‘ronlari vaqtida shahar metrosi va avtobuslari harakatini vaqtincha to‘xtatish borasida qaror qabul qildi. Vashington transport boshqarmasi e'lon qilgan bayonotda aytilishicha, avtobuslar juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00dan boshlab harakatlarini to‘xtatadi. Metro esa 23.00da berkitiladi. Yo‘llarni qalin qor qoplagani bois transport dam olish kunlari deyarli ishlamaydi. Vashington metropolitenida poyezdlar nafaqat yer ostida, balki yer ustida xam harakatlanadi.
Kutilayotgan qor bo‘ronlari mamlakat tarixida keyingi 100 yil ichida eng kuchlisi bo‘lishi aytilmoqda.
Shuningdek, mamlakatdagi 15ta shtatda yog‘ayotgan qorlar yanada kuchayishi mumkin.
FlightAware saytida yozilishicha, juma va shanba kungi bekor qilinadigan aviareyslar soni 3 mingdan ortadi.
