Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Turkiya bosh vaziri bilan IShIDga qarshi kurashni muhokama qildi
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Pan Gi Mun uchrashuv davomida Dovudo‘g‘lu bilan Yaqin Sharqdagi vaziyat va IShID jangarilariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlarni muhokama qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
“Bosh kotib va bosh vazir Suriya va Iroqdagi vaziyatni, shu jumladan IShID tomonidan solinayotgan tahdidga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlarni muhokama qilishdi”, deb xabar berdi bosh kotib matbuot xizmati.
Bosh kotib Turkiyaga Istanbulda may oyida bo‘lib o‘tadigan birinchi Butunjahon insonparvarlik anjumaniga tayyorgarlik ko‘rayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.