Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada lotereyadagi 33 mln funt sterlinglik yutuqni olgani hech kim kelmadi
Buyuk Britaniyadagi milliy lotereya tashkilotchilari lotereyada o‘ynalgan jyekpotning yarmini, ya'ni 33 mln funt sterlinglik yutuqni yutgan chipta egasini qidirishmoqda, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Yutuqli kombinatsiya e'lon qilinganiga qaramasdan, uni olgani hozircha hech kim murojaat qilmagan. Lotereya tashkilotchisi Camelot kompaniyasi vakilining aytishicha, bu holat hayrat uyg‘otmoqda.
Kompaniya yutuqli chipta sotib olingan Vuster shahrining 100 mingga yaqin aholisini chipta egasini topish maqsadida xabardor qildi. Agar g‘olib yutuqni olgani 180 kun davomida kelmasa, unda jyekpot shu summaga oshiriladi.
Jyekpotning ikkinchi yarmini shotlandiyalik oila yutib oldi.