Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Egey dengizida ikkita kema halokatga uchrashi natijasida 12 kishi olamdan o‘tdi
22 yanvar kuni Egey dengizi hududida 2ta kema halokatga uchrashi tufayli, 12 muhojir cho‘kib ketgan. Bu haqda "Vima" nashri xabar bergan.
Gretsiyaga tegishli Farmakonisi oroli yaqinida kema cho‘kishi tufayli 6 nafar bola va bir ayol halok bo‘lgan. Turkiyadan Gretsiyaga yetib olish uchun suzayotgan bu kema bortida jami 48 kishi bo‘lgan. Kemaning omon qolgan yo‘lovchilari qirg‘oqqa yetkazilgan.
Shuningdek, Kalolimnos oroli yaqinida yelkanli kema halokatga uchragan. Kema yo‘lovchilarini qutqarish ishlariga qirg‘oq mudofaasi xizmatining 3ta kemasi va bir vertolyot jalb qilingan. Suvdan omon qolgan 26 kishi hamda 5 jasad chiqarib olingan.
Yelkanli kemada halokatdan oldin necha kishi bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Xabarlarda bu kema bortidagilar soni 100 nafargacha bo‘lgani aytilgan.
Qayd etilishicha, bu ikki kema halokatga uchrashidan oldin hududda noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmagan.