Jahon | 17:51 / 22.01.2016
16073
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada xizmatchi it o‘z hayoti evaziga butun boshli armiya otryadini qutqarib qoldi

Kolumbiyada xizmatchi it o‘z hayoti evaziga butun boshli armiya otryadini qutqarib qoldi, deb xabar berdi general Luis Fernando Roxas. Uning aytishicha, quruqlik qo‘shinlari qo‘mondonligi Asabache laqabli itning xatti-harakatlarini chinakam qahramonlik deb baholagan.

Asabache daraxtlar orasida mina topib olgan, bu joydan harbiylar otryadi o‘tishi lozim edi. It mina oldiga o‘tirib, vovullash bilan harbiylarni ogohlantirgan. Sapyor minani zararsizlantirish uchun yaqinlashayotganida to‘satdan portlash sodir bo‘lgan. Natijada it og‘ir yaralangan, 30 harbiydan birortasiga zarar yetmagan.

Xizmatchi it mamlakat g‘arbidagi Kauka departamentiga yaqin Suares munitsipiyida harbiy operatsiya o‘tkazayotgan brigadaga berilgan edi. Otryad Kolumbiya narkokartellariga qarshi kurash olib borilayotgan hududlarda patrul xizmatini o‘tayotgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish