Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR yadroviy muammosi bo‘yicha dialog 5+1 formatida qaytadan boshlab yuborilishi mumkin
KXDR yadroviy muammosi bo‘yicha olti tomonlama dialog 5+1 formatida qaytadan boshlab yuborilishi mumkin. Bu haqda Seulda o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yun Byon Se aytib o‘tdi.
“BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiya qabul qilganidan so‘ng biz yaqin kelajakda besh tomonlama dialog o‘tkazib, Pxenyanga qo‘shimcha bosim o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqamiz”, - dedi vazir.
“Tehron bilan bo‘lgan ishda 6+1 formati o‘ta ijobiy natijalar berdi”, - qo‘shimcha qildi u. “Bunday yondashuv Eronga ta'sir qildi, va agarda besh tomon – Janubiy Koreya, AQSh, Xitoy, Rossiya, Yaponiya – birga ishlasa, ular Pxenyanga o‘ta qat'iy xabar yo‘llashi mumkin”, - xulosa qildi Yun Byon Se.