Sport | 11:43 / 22.01.2016
2721
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted» Gvardiola bilan muzokaralar o‘tkazilgani haqidagi xabarni inkor qildi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi o‘tgan haftada ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola bilan muzokaralar o‘tkazilgani haqidagi xabarni inkor qildi.

Avvalroq, klub vakillari Gvardiola bilan Parijda u bilan uchrashib, unga Angliyada ishlash bo‘yicha taklif bilan murojaat qilishgani haqida xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola yozda «Bavariya»dan ketadi. U faoliyatini Angliya Premer ligasi klublaridan birida davom ettirish istagida. Ammo bu qaysi klub bo‘lishi hozircha noma'lum.

Uning xizmatiga qiziqish bildirayotgan jamoalar orasida «Manchester Yunayted»dan tashqari «Manchester Siti», «Chelsi» va «PSJ» nomlari bor.